Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Joriy yil 15-oktyabr kuni kechki soat 16:00-17:00 atrofida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Taraqqiyot mahallasidagi xonadonda is gazidan zaharlanish holati yuz bergan. Natijada 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Vafot etganlarning biri 3-sinf o‘quvchisi, yana biri esa 4 yoshli bola bo‘lgan.
Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ayni paytda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter