Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 4 yoshli bola derazadan oshib o‘tdi

Samarqandda 4 yoshli bola derazadan oshib o‘tdi

Bugun, 21 may kuni soat 17:15 lar atrofida Samarqand shahrining «Mirzo Ulug‘bek» ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi K.N. 4 yoshli farzandini uyda singlisi bilan yolg‘iz qoldirib, yumushlari bilan ko‘chaga chiqib ketadi.

Bu vaqtida bolakay ko‘chaga deraza orqali chiqishga harakat qilgan va derazadan oshib o‘tgan. Holatni shu yerdagi do‘kon egalari hamda ko‘chadan o‘tayotgan fuqarolar ko‘rib qolib, bolakayni derazadan olib, onasiga sog‘-salomat topshirishgan.

Samarqand viloyati IIB xodimlari K.N. ning yashash uyiga tashrif buyurib, u bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, farzandlariga e’tiborli bo‘lish lozimligi borasida profilaktik suhbat o‘tkazib, ogohlantirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring