Samarqandda besh «parnik»chi 2,5 mlrd. so‘mdan ko‘proq gaz o‘g‘riladi

Majburiy ijro byurosi markaziy apparati matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda Samarqand tumanida o‘tkazgan tadbirda ommaviy gazdan «ulgurji» o‘g‘rilash holatlari fosh etildi.
Ya’nikim, fuqaro B.R.ning 19 sotix issiqxonasiga harbiy qism hududidan o‘tgan 500 diametrli yuqori bosimli quvurdan yashirincha gaz «tortib kelingani» aniqlandi. Uning yer ostidan gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani qo‘shni «parnik»chilarga ham qo‘l kelib, ular ham «yaratilgan imkoniyat»dan unumli foydalanib kelishgan.
Xullas, besh nafar issiqxona egalari yetkazgan zararlar hisob-kitobi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2,5 mlrd. so‘mdan oshmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha Byuroning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari tuman prokuraturasiga tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter