Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqandda bir kishini ayovsiz kaltaklashmoqda» videosi yuzasidan rasmiy izoh berildi

«Samarqandda bir kishini ayovsiz kaltaklashmoqda» videosi yuzasidan rasmiy izoh berildi

Skrinshot

27-fevral kuni soat 23:00larda Samarqand shahri, Panjikent ko‘chasida joylashgan oshxonalarning biridan 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Sh. mast holatda chiqib, ushbu oshxonadan chiqqan 1973-yilda tug‘ilgan K.B.ni haqorat qilib, yoqasidan ushlagan. Holatni ko‘rgan Q.B.ning yaqinlari ularni ajratgan.

Shu vaqt A.Sh. bilan birga oshxonaga kelgan tanishi B.B. ham mast holatda kelib, fuqaro Q.B.ni haqoratlagan. Natijada o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Samarqand viloyati IIBga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolar IIBga olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 7-son IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring