Samarqandda MChJ rahbari 100 ming dollar pora olayotganda ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Nurobod tumanida yashovchi, MChJ rahbari, 1994-y.t. «Q.Z.» jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming AQSh dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotishga kelishib, so‘ralgan pulning 100 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter