Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda IIB xodimini urgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda IIB xodimini urgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: IIV

Profilaktika inspektorini haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yil 19 avgust kuni Narpay tumanida yashovchi X.Husan oshxonada spirtli ichimlik iste’mol qilib, shu yerdagi fuqarolarning tinchini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.

Chaqiruvga asosan, voqea joyiga tuman IIB profilaktika inspektori yetib kelib, fuqaroning bezorilik harakatlarini to‘xtatib, holatni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan vaqtida, X.Husan profilaktika inspektorining qonuniy talablarini bajarmasdan, uni haqorat qilib, yuz qismiga urib, xizmat vazifasini bajarishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, deyiladi IIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring