Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda Inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Paxtachi tumanidagi MChJlardan biriga qarashli g‘isht zavodida nazorat tekshiruvini amalga oshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bo‘rttirib, go‘yoki 226 mln so‘mlik sifatsiz g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganligini aytadi.

So‘ngra, u o‘tkazilgan tekshiruv yuzasidan tuzishi lozim bo‘lgan bayonnomada ushbu 226 mln so‘m jarimani 25 mln so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2,5 ming dollarni pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring