Samarqandda karantin qoidalari qaytadan kuchaytirilmoqda

Samarqand shahrida karantin qoidalari qaytadan kuchaytirilmoqda.
Bu haqda Samarqand shahar hokimi, prokurori va IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Viloyat komissiyasining qaroriga ko‘ra, 13-may soat 6.00 dan shaharda transport vositalarining belgilangan ruxsatnomasiz ertalab va kechqurun erkin harakat qilishi bekor qilindi.
Shahar hokimi B.Obloqulovning qayd etishicha, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yil 13-maydan e’tiboran Samarqand shahrida karantin choralari kuchaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter