Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ko‘p qavatli uy portladi: vayronalar tagidan 6 kishining jasadi topilgan

Samarqandda ko‘p qavatli uy portladi: vayronalar tagidan 6 kishining jasadi topilgan

Joriy yilning 8-may kunidan 9-may kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahar «Bog‘isaroy» MFY Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Kelib tushgan xabarga ko‘ra, FVB yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

Chaqnash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1,2,3-chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i, Prokuratura, IIB, SSB, MG, «Hududgazta’minot» va tegishli FVDT xizmatlaridan tezkor – Shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bunga 10 ta asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuch, vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring