Samarqandda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan maktab direktori ishdan olindi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan edi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan va o‘qtuvchilar bilan tashkil etilgan suhbat jarayonlarida ayrim o‘qituvchilar o‘z tashabbuslariga ko‘ra, maktab ta’mirida ishtirok etganligi, ayrimlari esa maktab direktori tomonidan mehnatga jalb etilganligi ma’lum bo‘lgan.
O‘rganishlar davomida maktabda boshqa kamchiliklar ham aniqlangan. Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnoma o‘z arizasiga ko‘ra, bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter