Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mast erkakni tepgan yigit IIB tomonidan ushlandi

Samarqandda mast erkakni tepgan yigit IIB tomonidan ushlandi

Avvalroq, Samarqandda yosh yigit mast erkakni tepgani videolavhasi tarqalgan va muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Holat Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Voqea 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahri Qo‘shchinor mahallasida sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan O‘.A. mahalladoshi B.Hamidov ko‘chasida kelayotgan 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.

Holatni O‘.A.ning tanishi 2006yilda tug‘ilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Holat yuzasidan O‘.A.ning ota-onasiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etildi.

IIBning aniqlik kiritishicha, O‘.A sport bilan shug‘ullanib kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit TikTok yoki tarmoq faoli emas.

Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring