Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «Neksiya» va «Damas» to‘qnashuvidan ikki haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda «Neksiya» va «Damas» to‘qnashuvidan ikki haydovchi halok bo‘ldi

Shu yil 7-iyun kuni soat 19:30larda Toyloq tumani Shokkash mahallasi hududidan o‘tuvchi «Toyloq-Urgut» yo‘lining 3-km.da mudhish YTH sodir bo‘ldi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashagan 47 yoshli B.B. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketadi va Toyloq tumanida yashagan 27 yoshli A.H.ning boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etadi. To‘qnashuvdan «Damas» avtomashinasi yo‘l chetidagi ariqga tushib ketgan.

Natijada ikkala avtomashina haydovchilari kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtlarida vafot etganlar. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring