Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yo‘lovchilar o‘chib qolgan tramvayni itarishga majbur bo‘ldi

Samarqandda yo‘lovchilar o‘chib qolgan tramvayni itarishga majbur bo‘ldi

Skrinshot

Samarqandda tramvay o‘chib qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib ketilayotgani bo‘yicha videorolik tarqaldi. Shahar hokimligi bu hodisa yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi. 

«Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida elektr tarmog‘idagi qisqa uzilish natijasida ko‘chada harakatlanib kelayotgan tramvay vagoni harakatdan to‘xtab qolgan.

Yuzaga kelgan vaziyatni oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida vagon ichida bo‘lgan yo‘lovchilar boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun chorrahadan vagonni olishga yordamlashgan. 2 soat vaqt oralig‘ida elektr tokidagi uzilish holati tuzatilgan va 1012- sonli vagon ish faoliyatini davom etirgan»,—deyiladi munosabatda.

Bu vaqt oralig‘ida hech qanday noxush holatlar kuzatilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring