Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda oyoq bilan tayyorlangan qurut bo‘yicha surishtiruv o‘tkazildi

Samarqandda oyoq bilan tayyorlangan qurut bo‘yicha surishtiruv o‘tkazildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Samarqand viloyati Ishtihon tumanida 28-fevral kuni qurut uchun tayyorlangan suzmani oyoq kiyimda qorayotgan ayol videosi tarqaldi. «Zamon» dasturi muxbiri mazkur holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, voqeaga oydinlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qurut tayyorlayotgan fuqarolar tumandagi Kallaxosa qishlog‘i Dehqonobod mahallasidagi xonadonlarning birida uy sharoitida ishlaydi. Xonadon sohibasining so‘zlariga ko‘ra, sog‘ligi yomonligi tufayli chakkini qorishda qo‘l kuchi yetmagan. Xo‘jayini ham uyda emasligi sababli oyoq kiyim bilan qurut tayyorlagan.

Uning ta’kidlashicha, mazkur holatni qo‘shnisi tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan. Video muallifi u tasvirlarni faqatgina o‘ziga qiziq tuyulgani uchun olgani, bundan yomon maqsad ko‘zlanmagani haqida aytib o‘tgan.

«Mahalla noziri bilan birgalikda holatni ko‘rdim. Kelin, bu videodagi sizlarmi dedim. Bo‘yniga oldi. Nima maqsadda qildingiz? Men sizlarga avval tushuntirgandim, deya ta’kidladim. U esa yaqinda farzandli bo‘lgani uchun kuchi yetmaganini aytdi. Bu bahona bo‘la olmaydi», — deydi mahalla raisi Shahobiddin Muhammadiyev.

Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi gigiyenik talablarga mos kelmaydigan sharoitda tayyorlangan qurutlarni yo‘q qilgani haqida ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring