Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda o‘zini payg‘ambar deb atagan shaxsni ichki ishlar xodimlari «yo‘qlashdi»

Samarqandda o‘zini payg‘ambar deb atagan shaxsni ichki ishlar xodimlari «yo‘qlashdi»

Videodan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «Koronavirus vabosining yo‘qolishi menga bog‘liq, Xitoydagi o‘lim maskaniga borib kelishim kerak», degan iddao bilan chiqqan fuqaro yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tasvirdagi fuqaro 1962-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan X.U. Samarqand shahridagi mahallalarning birida istiqomat qiladi. 1980-1982-yillarda Afg‘oniston davlatida fuqarolik urushida harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy xizmat davomida bosh qismidan jarohat olib, bosh miya kontuziyasi kasalligi bilan davolangan.

Hozirda X.U.ning psixologik holatini tekshirish uchun Samarqand viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseri mutaxassisi ko‘rigidan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring