Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda poraxo‘r soliqchilar 5 yilga qamaldi

Samarqandda poraxo‘r soliqchilar 5 yilga qamaldi

Samarqand tumani soliq inspeksiyasi xodimi Bulung‘ur tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorga korxonasining  soliq bazasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va ijtimoiy soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirishda yordam berishini aytgan. Xizmati evaziga esa 1000 dollar talab qilgan.

Aniqlanishicha, soliq inspeksiyasi xodimi tadbirkorning qariyb 300 million so‘mlik soliq va penya qarzdorligini kamaytirishda Bulung‘ur tuman soliq inspeksiyasi Kameral soliq tekshiruvlari sho‘’basi boshlig‘ini sherik qilgan.

Sho‘’ba boshlig‘i korxonaning soliq bazasidagi 281 mln so‘m soliq qarzdorligini taxminan 277 mln so‘mga kamaytirib, undan tashqari 15 mln so‘m peniya hisoblangani haqidagi ma’lumotni hamkasbiga jo‘natadi.

Soliq inspeksiyasi xodimi  Samarqand shahridagi kafelardan birida tadbirkordan kelishilgan pulning 500 dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida soliq xodimlari JKning 210-moddasi (pora olish) 2-qismi «v» bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring