Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahri yo‘lovchi transportida yo‘lkira oshirildi

Samarqand shahri yo‘lovchi transportida yo‘lkira oshirildi

Samarqand shahri jamoat transporti yo‘lkira narxlarini oshirish yuzasidan viloyat hokimligining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Samarqand shahri hududida shahar yo‘lovchi transporti – avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovlarni amalga oshirish uchun yangilangan tariflar joriy yil 15-apreldan kuchga kirdi.

Qarorga muvofiq bir yo‘lovchi uchun yo‘lkira narxlari:

  • qatnov naqd pul orqali amalga oshirilganda – 3 000 (uch ming) so‘m;
  • qatnov transport va bank kartasi orqali amalga oshirilganda 1 martalik cheklangan tarif miqdori – 2 000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.

Bunda qatnovlar soniga bog‘liq holda jamoat transportida transport kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha hamda elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqanholda imtiyozli tariflar miqdorlari alohida belgilanadi (ushbu havola orqali tanishish mumkin).

Masalan, bank kartasi yoki transport kartasi (ATTO) orqali to‘laganda – birinchi manzil 2000 so‘m (ilgari – 1600 so‘m), bir soat ichidagi ikkinchi manzil esa arzonroq bo‘ladi.

Pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va maktab o‘quvchilari uchun alohida 50 foizlik chegirmali tarif joriy etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring