Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda to‘rt yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishdi

Samarqandda to‘rt yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishdi

Hodisa shu yilning 1 iyun sanasida sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Shohrux, Murod, Ozod va Jasur birinchi imtihonni topshirib, shahardagi ko‘p qavatli uylardan biri yonidagi skameykada o‘tirib, suhbat qilishdi.

To‘satdan ular e’tiborini turar-joy binosining to‘rtinchi qavatidagi harakat o‘ziga tortadi. Yigitlar boshi panjara orasiga tiqilib qolib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rishadi.

O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun tepa qavatga yuguradi, qolgan uchovlon qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashadi.

Qizaloq pastga qulaydi. Yigitlar uni tutib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Keyinroq aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lib yurgan paytda, Shukrona eshik qulfi buzilib qolgan balkonga chiqib qolgan ekan.

Qizaloq peshonasidan yengil jarohat oladi. Kasalxonada undan yigitlar har kuni xabar olib turishgan. Hozirda Shukrona o‘zini yaxshi his qilyapti.

Qahramonlar – Shohrux Boborahimov, Murod Saidalimov, Ozod O‘tkirov va Jasur Eshnazarovlar esa maktabda qolgan imtihonlardan o‘tib, oliy o‘quv yurtiga kirishga hozirlik ko‘rishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring