Samarqandda uchta do‘kon yonib ketdi

Kecha, 5 iyun kuni soat 20:21 da Samarqand viloyati Narpay tumani «Sari bozor» MFYda joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘inga soat 20:35 da yetib borgan va soat 22:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida 3 ta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kv. metr maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter