Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yashirin araqfurushlar fosh qilindi

Samarqandda yashirin araqfurushlar fosh qilindi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida istiqomat qiluvchi U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qo‘lbola spirtli ichimliklar mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlash yashirin sexini tashkil qilgan.

Samarqand viloyati IIB hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu holat fosh qilingan. Aniqlanishicha, yashirin sexda 36 xil turdagi 1068 shisha idishga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aksiz markasi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Mazkur sexda tayyorlangan mahsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi do‘kon va oshxonalarga sotib kelingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring