Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqanddagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi kaltaklandi» xabariga izoh berildi

«Samarqanddagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi kaltaklandi» xabariga izoh berildi

Skrinshot/Uznews.uz

Tarmoqda «Samarqand shahridagi «BABY LAND» xususiy bog‘chasida tarbiyalanuvchiga shikast yetkazishgan» nomi ostida xabar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24-mart kuni Samarqand shahrida yashovchi I.Sh., voyaga yetmagan farzandini Samarqand tumanidagi «Kids academy BABY LAND» nomili xususiy bolalar bog‘chasidan uyiga olib kelganida, tanasining turli joylarida tilingan jarohatlar borligini ko‘rgan.

31 mart kuni fuqaro I.Sh. Samarqand tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, bog‘cha tarbiyachisi D.I.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tarbiyachi bolalar tanasiga shprits tiqqani haqida ham xabar tarqalgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring