Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi yashirin mayning ferma davlatga 2,2 mlrd. zarar yetkazdi

Samarqanddagi yashirin mayning ferma davlatga 2,2 mlrd. zarar yetkazdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda 1990-yilda tug‘ilgan X.A. Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasida joylashgan noturar bino yerto‘lasida elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda 25 dona mayning uskunasini o‘rnatib, noqonuniy tarzda davlat va jamiyat manfaatiga 2 mlrd 237 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi noqonuniy faoliyatlarga chek qo‘yish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring