Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi YTHda vafot etgan ayolning hokimlik yig‘ilishiga chaqirilgani rad qilindi

Samarqanddagi YTHda vafot etgan ayolning hokimlik yig‘ilishiga chaqirilgani rad qilindi

Bir muddat oldin joriy yilning 19-iyul kuni 22:00 atrofida Pastdarg‘om tumani Beklar mahallasi hududidan o‘tuvchi Samarqand - Kattaqo‘rg‘on yo‘lida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani va ushbu YTHda tumanning «O‘tarchi» mahallasi xotin-qizlar faoli M.Aliyeva voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

Pastdarg‘om tumani hokimligi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, Aliyevaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotganidek, hokimlik yig‘ilishiga chaqirilmaganini ta’kidlamoqda.

«Ushbu nohush holat bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida maqola, ko‘rsatuvlar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda, hamda «O‘tarchi» mahallasi xotin-qizlar faoli 2023-yilning 19-iyul kuni tuman hokimligiga kechki vaqt 18:00 da yig‘ilishga chaqirilganligi asossiz aytilmoqda», – deyiladi hokimlik munosabatida.

Shuningdek, tuman hokimligi 19-iyul kuni tuman hokimligida, Oila va xotin-qizlar bo‘limida va sektorlarda mahalla xotin-qizlar faollari uchun hech qanday yig‘ilishlar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmaganligini hamda marhuma tuman hokimligiga chaqirilmaganligini ma’lum qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring