Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddan ham xushxabar tarqaldi

Samarqanddan ham xushxabar tarqaldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm,  Qashqadaryo, Surxandaryo va Jizzax  viloyatlari safiga endilikda Samarqand  viloyati ham qo‘shildi. Ayni paytda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.Ularning  2 nafari erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola, barchasi Samarqand viloyatidan. So‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 621 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring