Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik polvon ko‘pkarida «Cobalt»ni qo‘lga kiritdi (foto)

Samarqandlik polvon ko‘pkarida «Cobalt»ni qo‘lga kiritdi (foto)

Foto: «Uza.uz»

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bugun Jomboy tumanidagi Qoraqasmoq otchoparida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yurtimizning turli hududlaridan, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan chavandozlar ishtirok etishdi.

Musobaqada chaqqon, epchil chavandoz va polvonlar asosiy sovrinlar — tuya, toy, tana, gilam va ko‘plab sovrin hamda pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Viloyat hokimligi tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin – «Cobalt» avtomobili payariqlik polvon Ixtiyor Tolipovga nasib etdi. U toshkentlik chavandoz Sarvar Umurzoqovning «Bodom» laqabli otida ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring