Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDTU tahsil olgan xorijlik talabalarga diplom berildi (foto)

SamDTU tahsil olgan xorijlik talabalarga diplom berildi (foto)

Hozirga vaqtda Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro ta’lim fakultetida 2000 ga yaqin xorijlik talabalar jahon standartlari asosida tahsil olib kelmoqdalar.

Joriy yilning 18-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakultetida bitiruvchi kurs talabalariga diplomlarni topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ochib berdi hamda bitiruvchi kurs talabalariga keyingi kasbiy faoliyatlarida omadlar tilab, o‘z yurtlarida yetuk shifokor bo‘lishlariga tilakdosh ekanligini bildirdi.

Tantanali ravishda Xalqaro ta’lim fakultetining davolash ishi yo‘nalishida o‘qishni bitirgan 9 nafar xorijlik talabalariga bakalavr diplomlari tantanali tarzda topshirildi.

Uchrashuv so‘ngida Xalqaro ta’lim fakulteti bitiruvchi kurs talabasi Jasjit Singh Alias Kaka bitiruvchilar nomidan SamDTU rahbariyati va ustozlariga yaratilgan shart-sharoitlar va sifatli ta’lim uchun minnatdorchilik bildirilib, universitet rektoriga tashakkurnoma taqdim qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring