Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samosud» qilingan bola bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

«Samosud» qilingan bola bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi maktab o‘quvchisi «samosud» qilingani aytilgan videotasvir tarqalgandi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 may kuni Pastdarg‘om tumani IIBga 2009 yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15 may kuni B.S. ni o‘z uyiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

Mazkur voqea yuzasidan 19 may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring