Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» xalqaro multimedia loyihasi xabar qildi.

Uning ijod namunalari O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va boshqa davlatlarda o‘rnatilgan. Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stansiyasi, jumladan «Mustaqillik maydoni» va «Buyuk ipak yo‘li» stansiyalari uchun pannolar tayyorladi.

Bundan tashqari, haykaltarosh O‘zbekiston poytaxtidagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin Afandi haykallari muallifi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring