Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saraton va diabet rivojlanishini kamaytiruvchi ichimlik ma’lum qilindi

Saraton va diabet rivojlanishini kamaytiruvchi ichimlik ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Qora fermentlangan va boshqa fermentlanmagan choylar B1, B2, PP vitaminlari, minerallar, organik kislotalar, shuningdek, antioksidant faolligi yuqori bo‘lgan elementlarga boy. Bundan tashqari ko‘k choyni muntazam iste’mol qilish organizmga ko‘proq foyda keltiradi, deydi diyetolog Antonina Starodubova.

«Ko‘k choy kamroq qayta ishlanadi va shuning sabab antioksidantlar va polifenollarga boy. Ichimlikni muntazam ravishda me’yorida iste’mol qilish qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va saraton kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi, qarishga qarshi ta’sirga yega va miya, jigar, terining qarish jarayonini sekinlashtiradi va hatto tananing umumiy qarshiligini oshiradi», — deydi mutaxassis. 

Biroq, ko‘k choyning ba’zi navlari yuqori kofeinga ega.Bunday choyning bir stakanini bir chashka qahva bilan solishtirish mumkin. Diyetolog kofeinli ichimliklar asab va yurak-qon tomir tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini eslatdi.

«Agar odam kofeinga juda sezgir bo‘lsa, kechqurun choy ichishdan voz kechgan ma’qul. Uni romashka o‘ti yoki boshqa xushbo‘y o‘tlardan tayyorlangan ichimlik bilan almashtirsa bo‘ladi», — deydi Starodubova.

Mutaxassis yangi damlangan choy foydali ekanligini ta’kidladi. U ko‘proq biologik faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, shakar, og‘ir qaymoq yoki murabbo qo‘shilsa, ichimlikning foydasi sezilarli darajada kamayadi. Ko‘pincha choy ichish bilan birga keladigan qandolat mahsulotlari ham foydali bo‘lmaydi. Bu ortiqcha vazn, semizlik va shunga o‘xshash kasalliklarning rivojlanishiga yordam beradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring