Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni yo‘lga qo‘ydi

Saudiya o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni yo‘lga qo‘ydi

Saudiya Arabistoni «vizalar berishni kengaytirish maqsadida» yana 8 ta davlat fuqarolariga mamlakatga kirish vizasini elektron tarzda olish imkoniyatini berdi. 

Bunga qadar Qirollikka 49 ta davlat fuqarolari elektron viza tartibidan foydalana olar edi. Ushbu mamlakatlar qatoriga endilikda Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Janubiy Afrika, Tojikiston va O‘zbekiston ham qo‘shilgan.

Mazkur elektron viza sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish, shuningdek Umra ziyoratini amalga oshirish imkonini beradi. Ammo elektron viza bilan Haj ziyorati qilish mumkin emas.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab qaytish yoki uchinchi davlatga jo‘nab ketish chiptalarini taqdim etgan holda 30 kunlik muddatga vizasiz rejimni joriy qilgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring