Savdo-sanoat palatasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Rasulov Dilshod Ozodovich tayinlandi.
D.Rasulov 1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1994-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, palata raisining biznes muhitini tahlil qilish va ishbilarmonlik indekslarini baholash, tadbirkorlarga bozor infratuzilmasi masalalarida ko‘maklashish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ham tayinlov amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, endilikda ushbu lavozimda Kurbanov Davron Kadambayevich faoliyat olib boradi.
D. Kurbanov 1975-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, 1995-yilda Samarqand kooperativ institutini, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida turli lavozimlarida ishlagan.
2022-2023 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining Strategik rejalashtirish departamenti direktori, tayinlovga qadar esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter