Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylov logotipiga imloviy tuzatishlar kiritildi

Saylov logotipiga imloviy tuzatishlar kiritildi

Joriy yil 23 iyul kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi. Shuningdek, 28 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida saylov logotipining taqdimoti o‘tkazilgandi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur taqdimotdan so‘ng logotip, uning ranglari, tuzilishi va dizayni xususida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab fikr-mulohazalar bildirildi.

«Ushbu muhokamalarda bildirilgan takliflar Markaziy saylov komissiyasining ishchi guruhi tomonidan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida logotipga ayrim imloviy tuzatishlar kiritildi.

Shuningdek, mazkur logotipni yaratish jarayoniga mablag‘ sarf etilmaganligi ma’lum qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimiz jamoatchiligi saylov jarayonlariga befarq emasligini e’tirof etadi va o‘z minnatdorligini bildiradi. Kelgusida ham Markaziy saylov komissiyasining faoliyati borasida bildirilgan har qanday xolis fikr-mulohaza e’tiborsiz qolmaydi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring