Sayyoramizning eng keksa odami vafot etdi
«Yer yuzidagi eng keksa odam» unvoni sohibasi yaponiyalik Tiyo Miyako shu yil 22 iyul kuni vafot etdi, deya xabar beradi «Gazeta.ru».
Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida ham e’lon qilindi.
Miyako 117 yosh edi, u 1901 yil 2 mayda tavallud topgan.
Ginnesning rekordlar kitobida uchta nominatsiya bor: sayyoraning eng keksa kishisi, eng keksa ayol va sayyoraning eng keksa odami.
Mutaxassislar yaponiyalik ayolni o‘limidan avvalroq eng keksa ayol va eng keksa odam, deb topishgan
Yer kurrasidagi eng keksa erkak ham kunchiqar yurtda yashaydi: 113 yoshli Masadzo Nonaka.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter