Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Scientific Reports: Alamzada, zo‘ravon onalarning miyasi o‘ziga xos tuzilishga ega...

Scientific Reports: Alamzada, zo‘ravon onalarning miyasi o‘ziga xos tuzilishga ega...

iStockPhoto.com

Butun dunyoda o‘z farzandlariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lgan ayollarga nisbatan qoralovchi pozitsiya mavjud. Fukui universiteti dotsenti Sava Kurata rahbarligida yapon shifokorlari tomonidan shunday onalarning miya tuzilishi o‘rganildi.

Ya’ni o‘z farzandlariga jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik ko‘rsatgan 11 onaning miyasining oqsil moddasini tahlil qilish uchun diffuziya tenzor tasvirini olishgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, zo‘ravonlik qiluvchi onalar  miyasining ma’lum qismida suv harakati sezilarli darajada kamaygan.  

Miya strukturasini tahlil qilishdan tashqari, tadqiqotda psixologik so‘rovnomalar ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular ham bolalik davrida zo‘ravonlik ko‘rgani va onalar miyasining aniqlangan strukturaviy xususiyatlari o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Bu izlanishlar – bolalikdagi ruhiy zarbalar avloddan-avlodga o‘tadigan bolalarga zo‘ravonlik davom etib borishini isbotladi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring