«Sehrli diyor»da koronavirusga chalinganlar soni kundan-kunga ko‘paymoqda
O‘tgan bir kecha-kunduzdi AQShda qariyb 60 mingdan ortiq kishi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti o‘z manbalariga tayangan holda.
Universitet hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida AQShda tibbiyot xodimlari 60 315 ta yangi yuqtirish va 933 ta o‘lim holatlarini qayd etishgan.
Bir kun oldin bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 58 387 va 445 tani tashkil etgandi.
Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda epidemiya boshlangandan buyon 8,2 million kishi koronavirusga chalindi, 221 083 nafar COVID-19 bemori hayotdan ko‘z yumdi. Kasallanganlarning 3,2 million nafari tuzalgan.
Universitet manbalariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 40,8 millionta kasallanish va 1,1 millionta o‘lim holati qayd etilgan, 27,9 million kishi COVID-19dan xalos bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter