Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat chiqindi qarzdorligi sababli elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid qildi

Senat chiqindi qarzdorligi sababli elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid qildi

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sohasida to‘lov intizomini, qonun ijrosini ta’minlash mexanizmlari hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga aniq manzilli savollar yo‘llandi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil 7-martda qabul qilingan O‘RQ-1044-son qonunga muvofiq maishiy chiqindilar xizmati uchun majburiy to‘lov bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, iste’molchi mazkur qarzdorlik haqida SMS orqali ogohlantirilganidan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmasa, elektr energiyasi bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilishi nazarda tutilgan.

Biroq «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning «HET» ilovasida aholi tomonidan maishiy chiqindi xizmati bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar aks etmayotgani, «Toza makon» elektron billing tizimi bilan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning billing tizimi o‘rtasida to‘liq integratsiya ta’minlanmagani, shuningdek, ayrim iste’molchilarda chiqindi xizmati bo‘yicha shartnoma mavjud emasligi hamda abonent hisob raqamlarida noaniqliklar tanqid ostiga olindi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Senat qo‘mitasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga hamda Energetika vazirligiga ma’lumotlar almashinuvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan aniq ma’lumot va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar taqdim etish so‘raldi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilgi qonunchilik o‘zgarishlariga binoan, 1-avgustdan boshlab chiqindi xizmati uchun qarzdor iste’molchilar har oyning 5-sanasigacha SMS-xabar oladi. Qarzni 5 kun ichida to‘lamagan taqdirda, elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Manba: senat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring