Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator so‘rovi: eski «Toshturma» o‘rnida qachon xiyobon quriladi?

Senator so‘rovi: eski «Toshturma» o‘rnida qachon xiyobon quriladi?

Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Hukumatning 2018-yil 22-martda 220-f-sonli farmoyishi bilan Yunusobod tumani Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi («Toshturma») bino-inshootlari va unga tegishli hudud o‘rnida barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish rejalashtirilgan edi.

Mazkur hudud Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilgan bo‘lib, oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramay, farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosi hanuzgacha to‘liq ta’minlanmadi. Hozirda ushbu yer maydonlari qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim qurilish kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova tomonidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga senator so‘rovi yuborildi.

Senator Toshkent shahar hokimidan mazkur hududning hozirgi holati, farmoyishda belgilangan vazifalar bajarilishi kechikkani sabablari hamda tegishli yer maydonini obodonlashtirish va zamonaviy xiyobon barpo etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ragan.

Manba: senat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring