Sensatsiya! 17 yoshli grossmeysterimiz shaxmat qirolini mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmatning bugungi kundagi qiroli, mutlaq jahon chempioni Magnus Karlsenni rapid yo‘nalishidagi jahon chempionati doirasida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘ziga xos sensatsiya qayd etgan hamyurtimiz 10-turdan keyin 8 ochko bilan jahon chempionatida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi.
Nodirbek turnir davomida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfand kabilarni mag‘lub etdi, Yan Nepomnyashiy va Aleksandr Grishuk bilan durang o‘ynadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter