Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga grant ajratmoqda

Jahon banki Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga  grant ajratmoqda

Foto: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

TDShI akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida «Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish» grant loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan mazkur grant tanlovi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.

«Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish» grant loyihasi Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassalaridan biri hisoblanuvchi Xankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlikla amalga oshiriladi. 

140 ming AQSh dollariga teng moliyalashtirish hajmiga ega mazkur grant doirasida institutga sinxron tarjima uchun mo‘ljallangan maxsus texnik jihozlarni xarid qilish va «Ta’lim klasterini» tashkil etilishi nazarda tutilgan.                                                                                                                                

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring