Shavkat Mirziyoyev Agra shahriga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30-sentabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga bordi.
Shavkat Mirziyoyev avval Agra shahriga tashrif buyurdi. O‘zbekiston delegatsiyasini aeroportda tantanali kutib olishdi. O‘zbekiston rahbari u yerda Tojmahal obidasini borib ko‘radi.
Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 1-oktabr kuni Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter