Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Mazepinni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Mazepinni qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni «Uralxim» kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi, bosh direktori Dmitriy Mazepinni qabul qildi.

Rossiyaning eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tegishli resurs bazasini o‘zlashtirgan holda azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring