Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga keldi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning «janubiy darvozasi» hisoblanadi.

2020 yildan boshlab Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2021 yilda foydalanishga topshirilgan Fuzuliy aeroporti barpo etilgan muhim ob’yektlardan biri bo‘ldi. Shaharda, shuningdek, zamonaviy turar joy majmualari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, infratuzilma ob’yektlari qad rostladi, yangilari qurilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida ikki mamlakat yetakchilari shaharda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgan edilar.

Manba: president.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring