Shavkat Mirziyoyev bugun tor doirada yig‘ilish o‘tkazadi
![Shavkat Mirziyoyev bugun tor doirada yig‘ilish o‘tkazadi](http://static.xabar.uz/crop/4/2/720_460_95_4221706801.jpg)
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan tor doiradagi yig‘ilish o‘tkaziladi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Energetika vazirligi rahbariyatining hisoboti va istiqboldagi rejalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq energetika vaziri Alisher Sultonov aprel oyida kutilmaganda ishdan olingandi. Shu vaqt ichida vazir lavozimi hozircha bo‘sh turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter