Shavkat Mirziyoyev Olmazor tuman ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur bo‘lim Olmazor tumanidagi «Shifokorlar», «Jiydali», «Hislat», «Beruniy», «Mirza G‘olib», «Chig‘atoy Oqtepa» kabi mahallalarni tasarruf etadi. Hududda ko‘p qavatli uylar, oliy ta’lim muassasalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob’yektlar talaygina.

Kuni kecha bo‘lim xodimlari yangi binoda ish boshladi. Ular o‘z xizmat vazifalarini sifatli bajarishi, jamoat xavfsizligini ta’minlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezidentimiz sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, hududni kechayu kunduz kuzatib, aholining osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter