Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Milliy Majlisi raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Milliy Majlisi raisini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 150-sessiyasi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan. Madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va bo‘lajak oliy darajadagi sammitlar uchun yangi takliflar ishlab chiqish maqsadida parlamentlar o‘rtasida yaqin amaliy hamkorlikni va faol almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring