Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr, payshanba kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda qarshilik psixolog qizga 2 xonali uy sovg‘a qilgan. Bu haqda «Tez News» xabar berdi.

Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan.

Xususan, Qarshi tumanida yashovchi psixolog Shohida Jo‘rayeva Prezidentga yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida «Yosh psixologlar» markazini tashkil etish taklifini bildirgan. Prezident uning taklifi ma’qul qelganini ta’kidlab, unga shahar markazidan 2 xonali uy sovg‘a qilinishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-12-noyabr kunlari davlatimiz rahbari ikki kunlik tashrif bilan Qashqadaryo viloyatiga borgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring