Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Oljas Bektenov Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, barcha darajalardagi faol muloqot mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmlari o‘sib, yaqinda qabul qilingan yangi «yo‘l xaritasi» asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.
Uchrashuvda iyul oyida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda Aqtau shahrida o‘tkaziladigan hududlar rahbarlarining birinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter