Shavkat Mirziyoyev Samarqand va Qashqadaryoga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish borasida qilingan ishlarni Shavkat Mirziyoyev shaxsan o‘zi borib ko‘radi. O‘zbekiston Prezidenti Samarqand viloyatida olib borilgan ishlarni nazorat qilish uchun shu kunlarda ushbu viloyatga tashrif buyuradi.
Avval xabar berganimizdek, Samarqandda Hazrati Xizr majmuasini shaxsan ko‘rib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat rahbari Qarshi shahrida Birinchi Prezident Islom Karimovning haykali ochilishi munosabati bilan va joylarda olib borilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish uchun Qashqadaryo viloyatiga ham borishi kutilmoqda.
Biz bu tashriflar haqida oldin xabar bergan edik. Xususan, Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida «Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish kerak. O‘zim yubileydan ikki kun oldin borib uni ko‘raman», degan edi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter