Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Mintaqadagi vaziyatning rivojiga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrov 23-27-iyul kunlari Afrika davlatlariga safarlar qilgan va Efiopiyadan to‘g‘ri Toshkentga kelgan.
Shuningdek, prezident Mirziyoyev avvalroq Xitoy TIV rahbari Van Ini qabul qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter