Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga boradi

Ertaga, 13-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari sanoat korxonalari, madaniyat va sport majmualari bilan tanishib, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, shaharlar va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter